» » Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishidan ogohlantirildi

Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishidan ogohlantirildi


Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining siyosiy-huquqiy komissiyasi 21-yanvar, seshanba kuni amaldorlarni Xitoyda koronavirus tarqalishi haqida ma’lumotni yashirish xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Yangi virus tarqalishi haqidagi ma’lumotni o‘z manfaati yo‘lida qasddan yashirgan yoki bu haqda o‘z vaqtida xabar bermagan shaxslar bir umrga sharmanda bo‘ladi. O‘z siyosiy mavqeini fuqarolari manfaatidan ustun qo‘ygan har qanday kishi partiya va xalq oldida eng katta jinoyatchi hisoblanadi”, — deyiladi komissiyaning rasmiy sahifasida e’lon qilingan bayonotda.

Komissiya jamiyatda koronavirusning tarqalishi haqida vahima paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida ochiq ma’lumot berishga chaqirdi. “Odamlar vakuumda yashamaydi, agar biz kasallik haqidagi haqiqatni yashirsak, mish-mishlar paydo bo‘lishiga sharoit yaratib beramiz xolos”, — deb ta’kidlangan bayonotda.

Avvalroq Xitoyda yangi virusdan to‘rtinchi kishi vafot etgani, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shoshilinch yig‘ilish chaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xitoyning Uxan shahrida koronavirus sababli ommaviy turizm taqiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют