» » Xitoy Shinjonda 1 mln uyg‘ur tutqunlikda saqlanayotganini rad etdi

Xitoy Shinjonda 1 mln uyg‘ur tutqunlikda saqlanayotganini rad etdi


Xitoy Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi jazo muassasalarida kamida bir million uyg‘urlarning saqlanib kelishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Xanxuey ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyga qarshi axborot kampaniyasini “noma’lum manfaatlarga ega muayyan kishilar” boshlagan. Ularning xatosi shundan iboratki, ular “ta’lim va kasbiy tayyorlov markazlari”ni uyg‘urlar uchun konsentratsion lagerlar deb ta’riflamoqda.

Shuningdek, Xanxuey BMT tomonidan lagerlarda saqlanayotgan millionlab mahbuslar haqida e’lon qilingan ma’lumotlarni safsata va soxta axborot deb atadi.

Vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda uyg‘urlarning holati haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi “xalqaro hamjamiyatdagi muayyan kuchlarning” mamlakat rivojlanishiga normal munosabatda bo‘lishni istamasligi va sovuq urush davridagi fikrlash bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют