» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda vafot etgan 10 nafar o‘zbekistonlikning oilalariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyati Asino tumanidagi yog‘och uyda yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar fuqarolarimizning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etamiz”, — deyiladi idoraning hamdardlik maktubida.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu xonadonda 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi yashagan. Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular ‘Grinvud’ yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan. Shuningdek, yong‘inda bir nafar rus ayoli ham vafot etgan.

Keyinroq, yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgani ma’lum qilindi. Voqea joyida olingan video e’lon qilindi.

Dastlab, halok bo‘lgan 9 kishining shaxsi aniqlangani ma‘lum qilindi, keyinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lgan barcha 10 kishining shaxsi aniqlangani haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют