» » Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi


Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninchi o‘zbekistonlik 1998-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li ekanligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu xonadonda 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi yashagan. Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular “Grinvud” yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan. Shuningdek, yong‘inda bir nafar rus ayoli ham vafot etgan.

Keyinroq, yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgani ma’lum qilingan. Voqea joyidan olingan video e’lon qilingan.

Dastlab halok bo‘lgan 9 kishining shaxsi aniqlangani ma’lum qilindi, keyinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lgan barcha 10 kishining shaxsi aniqlangani haqida xabar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga hamdardlik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют