» » Xitoyda tarqalgan koronavirus oqibatida vafot etganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi

Xitoyda tarqalgan koronavirus oqibatida vafot etganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi


Xitoyda yangi tipdagi koronavirusdan kasallanib vafot etganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 440 kishida mazkur virus aniqlangan, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Qurbonlar soni uch kishiga oshib, to‘qqiz nafarga yetdi. Jami 440 kishida shu turdagi virus aniqlangan”, — deydi Xitoy Sog‘liqni saqlash va gigiyena davlat qo‘mitasi rahbari Li Binya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 2197 ta holat aniqlangan va virusning “nafas olish yo‘li bilan yuqishi” belgilari bor. Yangi tipdagi virusning o‘chog‘i Xubey provinsiyasining Uxan shahri.

Avvalroq markaziy televideniyeda Uxanda yangi virusdan zararlanish bo‘yicha 258 ta holat qayd etilgani ma’lum qilgandi. Shifoxonalarda 227 nafar bemor davolanmoqda, ularning 51 nafari og‘ir, 12 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: Xitoyda noma’lum koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni olti nafarga yetishi oqibatida Hermes va Lufthansa aksiyalari narxi pastladi

Kasallikka chalinish holatlari Tailand va Yaponiyada ham kuzatilgan. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. O‘zbekiston SSV Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazorat kuchaytirilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют