» » Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishini taqiqladi

Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishini taqiqladi


KXDR Xitoyda tarqalgan koronavirusning yangi turi sababli xorijiy sayyohlarning mamlakatga kirishini vaqtincha taqiqladi. Mamlakatga keladigan sayyohlarning asosiy qismini xitoyliklar tashkil qiladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, KXDR koronavirusning tarqalishi nazorat ostida ekanligi haqida xulosaga kelmaguncha, barcha xorijiy sayyohlar uchun mamlakatga kirishni to‘xtatadi.

Mazkur virus oqibatida Xitoyda vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi. Virusni yuqtirib olganlar soni 1723 ming nafarni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.

Xitoyda noma’lum virus sababli tarqalgan pnevmoniya to‘lqini dekabr oyining oxirida Uxan shahrida yuzaga kelgan. Yanvar oyining o‘rtasida Tailand va Yaponiyada mazkur virusdan zararlanish bo‘yicha dastlabki holatlar qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 22-yanvar, chorshanba kuni, Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi sababli favqulodda qo‘mitaning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi. Kasallik Xitoyda tarqalgan, ammo undan zararlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda ham qayd etilgan.

O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan mazkur virus sababli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi.

Mavzuga doir: Xitoyning Uxan shahrida koronavirus sababli ommaviy turizm taqiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют