» » TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi


O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahri (Xubey provinsiyasi)da tarqala boshlagan koronavirusning yangi shakli 2019-nCoV’dan 2020-yil 20-yanvar holatida jami 4 kishi vafot etgan. Keyinchalik halok bo‘lganlar soni 9 nafarga, keyinroq esa 17 nafarga yetgan.

Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kasallikka chalinganlar soni 473 nafarni tashkil qildi. Pekin va Shenchjyen shaharlarida bemorlarning aniqlangani ilk bor tasdiqlandi. Yaponiya, Janubiya Koreya, Tailanddan keyin koronavirus asoratlari AQSh hamda Rossiyaga ham yetib kelgan. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90 dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan. Vyetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijda bo‘lib turgan yoki chet elga, xususan, Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan va Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anxoy, Chjetszyan, Tszyansi, Tszyansu, Xunan va Futszyan provinsiyalari) +8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

O‘zbekiston TIV avval ham Xitoyda tarqalgan virus tufayli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. O‘zbekiston SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgandi.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют