» » Xitoyda tarqalgan koronavirus qurbonlarining soni 17 nafarga yetdi

Xitoyda tarqalgan koronavirus qurbonlarining soni 17 nafarga yetdi


Xitoyda tarqalgan yangi turdagi 2019-nCoV virusi yuqishi oqibatida pnevomaniyaga chalinib halok bo‘lgan odamlar soni 17 nafarga yetdi. Bu haqda Xubey viloyati sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbari Yan Yunyan ma’lumotiga asoslanib Reuters xabar bergan. Kasallikka chalinganlar soni 473 nafarga yetgan. Avval virusning yuqishi oqibatida 9 nafar odamning o‘lgani xabar qilingandi.

Koronavirusning yangi turi Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada ham qayd qilingan. AQSh va Rossiyada ham ushbu xastalik belgilariga o‘xshash alomatlar kuzatilgan bemorlar shifoxonaga yotqizilgan.

2019-yilning 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Kasallanishning birinchi holatini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 7-yanvarida xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqladi. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan virus tufayli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. O‘zbekiston SSV Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgandi.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют