» » “Real” yana bir 19 yoshli futbolchini sotib oladi

“Real” yana bir 19 yoshli futbolchini sotib oladi


“Malaga” hujumchisi Ugo Valyexo faoliyatini “Real”da davom ettiradi, deya xabar qilmoqda AS.

Ta’kidlanishicha, tomonlar 19 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Bu borada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari aniq emas. “Real” futbolchini 2019/20-yilgi mavsum oxiriga qadar “Deportivo”ga ijaraga beradi.

Valyexo “Malaga” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, joriy mavsum Ispaniya ikkinchi divizionida beshta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, hujumchi Ispaniya U-19 terma jamoasida bitta o‘yin o‘tkazgan.

Avvalroq madridliklar “Flamengo” yarim himoyachisi Reynier Jezusni sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют