» » “Real” himoyachisi APL klubiga o‘tadi

“Real” himoyachisi APL klubiga o‘tadi


“Real” himoyachisi Xesus Valyexo karyerasini Angliya chempionatida davom ettiradi.

Marca’ning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi “Vulverhempton”ga o‘tishga yaqin turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar 1 yillik ijara shartnomasiga imzo chekadi.

Madrid klubi bilan Valyexoning amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi. 2018/19-yilgi mavsum Valyexo La Ligada 5 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urishga muvvafaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Real” Valyexoni 2015-yilda 6 million yevroga sotib olgandi va shu yilning o‘zidayoq “Saragosa”ga bir yilga ijaraga berib yuborgandi. Keyinchalik u 2016/17-yilgi mavsumni “Ayntraxt”da ijarada o‘tkazdi. 2017-yilning iyul oyida esa Valyexo “Qirollik klubi”ga qaytdi.

Oktabrda esa Xesus “Real” safida Ispaniya Kubogi doirasidagi “Fuenlabrada”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda debyut uchrashuvini o‘tkazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют