» » IT-Park‘lar, 1 million dasturchi, qishloqqa internet, bosh vazirning yangi o‘rinbosari: Prezident “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi bo‘yicha topshiriq berdi

IT-Park‘lar, 1 million dasturchi, qishloqqa internet, bosh vazirning yangi o‘rinbosari: Prezident “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi bo‘yicha topshiriq berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yil nomi — “Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Prezident 2020-yilda “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilish kerakligini, birinchi navbatda, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur.

“Toshkentda zamonaviy infratuzilmaga ega IT-Park barpo etilmoqda. U hozirdanoq, o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday IT-Park‘lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi”, — dedi Prezident.

Prezident soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilishi boshlangan “1 million dasturchi” loyihasiga ham to‘xtalib o‘tdi. “Shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart”, — dedi Mirziyoyev.

Prezident 2019-yilda barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlash kerakligini aytib o‘tdi.

Hozirgacha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi ikki yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi.

“Bu vazifalarni ko‘zda tutgan holda, ‘Raqamli O‘zbekiston – 2030‘ dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim”, — dedi Prezident.

Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun hukumatda — bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa — alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.

“Parlament ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Hukumat, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotini muntazam eshitib borishi lozim”, — deya qo‘shimcha qildi Prezident.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют