» » O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi


O‘zbekistonda Jahon banki, BMTning Rivojlanish dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqiladi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev bu haqda 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining aytishicha, ushbu maqsadlar uchun 700 million dollar jalb qilinadi. Shuningdek, xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratiladi.

Prezident, shuningdek, yil davomida budjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiyadan yuqori miqdorda oshirilishini ta’kidlagan.

“Nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish, bu borada mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim. Fuqarolarimiz pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizim yaratiladi”, — degan u.

Shavkat Mirziyoyev, 2020-yilda keksalar, jumladan, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim yaratish zarurligini ham aytib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют