» » O‘zbekistonda 2018-yil 15-iyuldan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda 2018-yil 15-iyuldan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi


Shavkat Mirziyoyev “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjatga muvofiq, 2018-yilning 15-iyulidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 barobar oshiriladi.

Shu sanadan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

Ish haqi — oyiga 184 300 so‘m;

Yoshga doir pensiyalar — oyiga 360 460 so‘m;

Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 360 460 so‘m;

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют