» » Pensiya va nafaqalar haqida ma’lumot olish uchun SMS-so‘rov yuborish mumkin bo‘ldi

Pensiya va nafaqalar haqida ma’lumot olish uchun SMS-so‘rov yuborish mumkin bo‘ldi


Pensionerlar va ijtimoiy nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, xususan, ularning pensiya va nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma’lumotni real vaqt rejimida mobil qurilmalar yordamida olishga mo‘ljallangan yangi interaktiv SMS-so‘rov xizmati joriy qilindi. Bu haqda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda pensiya, ijtimoiy nafaqa, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash va to‘lash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan zamonaviy veb-texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan PK “Pensiya” dasturi yordamida amalga oshirilmoqda.

Pensiya va ijtimoiy nafaqa miqdori hamda to‘lov muddati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun 10711 raqamiga pensioner yoki nafaqa oluvchining pensionerlik guvohnomasida ko‘rsatilgan shaxsiy hisobvaraqni (yetti raqamdan iborat) SMS-so‘rov sifatida yuborish lozim.

Mazkur interaktiv xizmatni joriy etish uchun Pensiya jamg‘armasi va tegishli kontent provayder bilan shartnoma tuzilgan.

SMS-so‘rov bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar kontent provayder va mobil aloqa operatori tomonidan pullik xizmat (har bir SMS-so‘rov bahosi $0,02) asosida amalga oshiriladi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют