» » O‘zbekistonda 2020-yilda 36 ta yangi maktab quriladi, mahoratli o‘qituvchilarga katta maosh to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 2020-yilda 36 ta yangi maktab quriladi, mahoratli o‘qituvchilarga katta maosh to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yil nomi — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Xususan, 2020-yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunga budjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etadi.

2020-yilda budjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 216 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.

“Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz”, — deya alohida ta’kidladi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.

“2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktabni belgilab, 6 mingdan ortiq o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют