» » Putin “sivilizatsiyaga alohida javobgar” Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya ishtirokida sammit o‘tkazish taklifini bildirdi

Putin “sivilizatsiyaga alohida javobgar” Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya ishtirokida sammit o‘tkazish taklifini bildirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2020-yilda Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbalarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar beradi Meduza.

Rossiya prezidenti sammit o‘tkazish borasidagi fikrini “Xolokost qurbonlari xotirasini saqlaymiz, antisemitizmga qarshi kurashamiz” xalqaro forumida ma’lum qilgan.

Nega aynan ushbu beshta davlat tanlanganiga Putin ular — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi ekanligi bilan tushuntirgan.

“Menimcha, antisemitizmga qarshi kurashda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solgan davlatlar, sivilizatsiyani saqlab qolish uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan beshta davlat ko‘rsatishi kerak”, —  deydi Putin.

Mavzuga doir: “Xuddi Singapurdagidek ustoz bo‘lishimni xohlayapsizmi?”. Putin 2024-yilda hukumat almashishi to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, mazkur “beshlik” rahbarlarining uchrashuvi “natsizmga qarshi kurashgan davlatlarning sodiqligini, ittifoq ruhi va tarixiy xotira”ni ko‘rsatib beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют