» » Putin Xitoyda eng oliy darajali orden bilan mukofotlandi

Putin Xitoyda eng oliy darajali orden bilan mukofotlandi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpin tomonidan Xitoyning oliy davlat mukofoti — Xitoy Xalq Respublikasi Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Sputnik.

“Vladimir Putinga Xitoyning oliy davlat mukofoti berildi. U Xitoy Xalq Respublikasi Do‘stlik ordenini olgan davlat rahbarlaridan birinchisiga aylandi. Xitoy davlat qurilishi va modernizatsiyasiga qo‘shgan alohida hissasi, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari hamda hamkorligini rivojlantirish va tinchlikni ushlab turishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun taqdirlanadi”, — deyiladi xabarda.

Si Szinpinning ta’kidlashicha, 2001-yilda Putin Xitoy va Rossiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik haqida bitimini Rossiya tomonidan imzolagan va Moskva va Pekin o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stligi uchun mustahkam poydevor solgan.

“Prezident Putin men uchun — eng yaxshi va yaqin do‘st”, — deb qo‘shimcha qildi Xitoy yetakchisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют