» » AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo fevral oyida O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo fevral oyida O‘zbekistonga keladi


AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 2–3-fevral kunlari Toshkentga keladi. Bu haqda 24-yanvar kuni AQSh tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Tashrif Pompeoning Buyuk Britaniya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonga sayohati doirasida amalga oshiriladi.

AQSh davlat kotibi Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi.

Shuningdek, u “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) formatidagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda ishtirok etadi.

Pompeo Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Mayk Pompeo AQSh Venesuelada hokimiyatni o'zgartirish loyihasi ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi

Maykl Pompeoning Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kiprga tashrifi 3–7-yanvar kunlari o‘tishi rejalashtirilgandi, ammo Iroqdagi vaziyatning chigallashuvi, Amerika elchixonasida norozilik namoyishlari o‘tkazilgani tufayli tashrif kechiktirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют