» » KXDR Germaniya TIV rahbarini asossiz fikrlari uchun tanqid qildi

KXDR Germaniya TIV rahbarini asossiz fikrlari uchun tanqid qildi


KXDR Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning Shimoliy Koreyadagi vaziyat yuzasidan mazkur haftada bildirgan fikrlarini qo‘pol va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida ta’kidlanishicha, Gabriel 5-aprel, chorshanba kuni nemis OAVlariga bergan intervyusida “insonga qarshi qaratilgan Pxenyan rejimi Shimoliy Koreya fuqarolarini shafqatsizlarcha qiynashini” ma’lum qilgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri “xalqaro qonunlarni buzgan va global tinchlik hamda xavfsizlik uchun tahdid qiluvchi” KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish yuzasidan fikr bildirgan.

Shu munosabat bilan Shimoliy Koreya axborot agentligining ta’kidlashicha, tashqi ishlar vaziri uchun bu kabi haqoratlovchi va asossiz bayonot bilan chiqish nomunosib bo‘lgan. Bundan tashqari, Koreya markaziy telegraf agentligi qayd etishicha, Gabriel KXDRdagi haqiqiy vaziyat haqida eng oddiy tasavvurga ham ega emas, uning KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi fikrlari esa shaxsiy obyektiv fikrini emas, amerikalik konservativ siyosatchilar pozitsiyasini ifodalaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют