» » Janubiy Koreya KXDRni BMTdan chetlatishni taklif qildi

Janubiy Koreya KXDRni BMTdan chetlatishni taklif qildi


Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Ben Se qurolsizlanish bo‘yicha Jeneva konferensiyasida chiqish qilib, Shimoliy Koreyaga nisbatan, xususan, BMT a’zoligidan mahrum etish kabi “jamoaviy choralar” ko‘rish zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

14-fevral kuni Malayziyada KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chon Nam o‘ldirildi. Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘limiga asabni falaj qiluvchi modda ta’sirida yuzaga kelgan qattiq falajlik sabab bo‘lgan. Halok bo‘lgan shaxsning yuzida VX kimyoviy quroli izlari topilgan.

“Shimoliy Koreyada grammlab emas, balki minglab tonna kimyoviy qurol, xususan, VX kimyoviy quroli bor. Yaqinda yuz bergan qotillik barchamiz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi lozim”, — dedi Janubiy Koreya TIV rahbari.

Yun Ben Sening fikricha, bu kabi moddalardan foydalanish — xalqaro huquq normalarining buzilishidir. Janubiy koreyalik vazirning qayd etishicha, Malayziya hukumati Kim Chon Namning o‘limi bilan bog‘liq tekshiruv natijalarini e’lon qilganidan so‘ng, xalqaro hamjamiyat BMT Xavfsizlik Kengashi boshchiligida bu ishni o‘rganib chiqishi zarur.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют