» » OAV: vafot etgan Kim Chon Namning shaxsi barmoq izlariga qarab aniqlangan

OAV: vafot etgan Kim Chon Namning shaxsi barmoq izlariga qarab aniqlangan


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namning Janubiy Koreya hukumati qo‘li ostidagi barmoq izlari namunalari 13-fevral kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida vafot etgan odamning barmoq izlari bilan mos tushgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Choson” telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati Malayziya iltimosiga ko‘ra, politsiyaga Kim Chon Namning Seul razvedkasida bo‘lgan barmoq izlari namunalarini taqdim etgan. Bu aeroportda vafot etgan kishining shaxsini uzil-kesil aniqlash imkonini bergan.

Hozirgacha Kim Chon Namning o‘ldirib ketilishiga aloqadorlikda gumonlanib, ikki kishi hibsga olingan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya yana bir necha kishini qidirmoqda.

Kim Chon Nam Malayziya poytaxtida 13-fevral kuni vafot etdi. Vafot etgan shaxs Kim Chon Nam ekanligi 14-fevral kuni Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlandi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayol tomonidan zaharlangan.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют