» » OAV: Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumonlanayotganlar allaqachon o‘lgan bo‘lishi mumkin

OAV: Kim Chon Namni o‘ldirganlikda gumonlanayotganlar allaqachon o‘lgan bo‘lishi mumkin


KXDR yetakchisining akasi Kim Chon Namning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanayotgan ikki ayol allaqachon o‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Ular allaqachon o‘lganligi haqida ma’lumot bor — biz hozir uni tekshirmoqdamiz”, — deya agentlik Yaponiya hukumatidagi manbasidan iqtibos keltirdi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chon Nam Malayziyada o‘ldirib ketilgani xabar berilgan edi. Yaponiya va Janubiy Koreya OAVlari yozishicha, Kim Chon Nam Malayziya aeroportida o‘ldirib ketilgan. Unga ikki ayol hujum qilgan, ular “zaharlangan igna”lardan foydalangan. Ammo ushbu axborot rasman tasdiqlangani yo‘q.

Malayziya politsiyasi poytaxt aeroportida vafot etgan KXDR fuqarosi Kim Chon Nam ekanligini tasdiqladi. “U Makaoga parvozni kutib, ikkinchi terminalda o‘tirgan. Bu odam yerdagi xizmatlar xodimlariga murojaat qilib, kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan. U, shuningdek, noma’lum kimsa uning yuziga suyuqlik sepib yuborib, so‘ng qochib ketgani haqida aytib bergan”, — deya ma’lum qildi Selangor shtati politsiyasi rahbarining yordamchisi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют