» » Yaponiya mudofaa vazirligi: KXDR raketasi taxminan 350 km uzoqlikka uchgan

Yaponiya mudofaa vazirligi: KXDR raketasi taxminan 350 km uzoqlikka uchgan


KXDR uchirgan ballistik raketa taxminan 350 km masofaga parvoz qilib, Yapon dengizi akvatoriyasiga qulagan. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, raketa taxminan 350 km masofani bosib o‘tgan va Yapon dengiziga qulagan”, — dedi Inada. U Yaponiya mudofaa muassasasi kelib tushayotgan axborotni tahlil qilishda davom etayotganini ta’kidladi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR shimoli-g‘arbidagi Pxyonan-Pukto provinsiyasida joylashgan poligondan 12-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55 da) raketa parvozi amalga oshirilganini ma’lum qilgan edi. Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, raketa 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Ayni paytda ballistik raketaning turi aniqlashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют