» » AQSh Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini uchirdi

AQSh Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini uchirdi


AQSh Harbiy-havo kuchlari sinov doirasida Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda Amerika Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Raketa Kaliforniyada joylashgan Vandenberg bazasidan uchirildi. Raketaning bosh qismiga telemetrik ma’lumotlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan qurilma o‘rnatilgan. Raketa zarbasi Tinch okeanining janubiy qismidagi Marshall orollarining bir qismi hisoblangan Kvajaleyn marjonlar oroliga to‘g‘ri keldi.

Raketa 6 800 kilometr masofani bosib o‘tdi. “Sinovlar qit’alararo ballistik raketasining aniqlik va ishonchliligini tekshirish, yadroviy tiyib turish vazifasini xavfsiz va samarali davom ettirishni ta’minlash uchun qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi”, — deb ta’kidlandi qo‘mondonlik axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют