» » A Seriya. “Yuventus” Neapolda “Napoli”ga mag‘lub bo‘ldi (video)

A Seriya. “Yuventus” Neapolda “Napoli”ga mag‘lub bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 21-turining markaziy o‘yinida 26-yanvar, yakshanba kuni Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda Jennaro Gattuzo boshliq “Napoli”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida neapolliklar jamoasi vakillari Petr Zelinski (63) hamda Lorenso Insinye (86) tomonidan urilgan gollarga “keksa sinyora” Krishtianu Ronaldu (90)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Turin klubi mehmonda kechgan bahsda “Napoli”ga kichik 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” 51 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Napoli” esa 27 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

A Seriya

21-tur bahsi

26-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 — 63 Zelinski, 2:0 — 86 Insinye, 2:1 — 90 Ronaldu

“Napoli”: Meret, Manolas, Di Lorenso, Mariu Ruy, Xyusay, Fabian Ruis, Demme (Lobotka, 69), Insinye, Zelinski (Elmaz, 81), Kalyexon, Milik (Lyorente, 90)

“Yuventus”: Shchensnы, de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Kuadrado, Pyanich (Rabyo, 50), Bentankur, Matyuidi (Duglas Kosta, 72), Iguain, Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 72)

Ogohlantirishlar: Demme (30), Bentankur (61), Rabyo (70), Xyusay (76), Bernardeski (81), de Ligt (85), Ronaldu (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют