APL. “Liverpul” 2 ta, “Siti” va “Chelsi” 3 ta, “Tottenhem” 4 ta gol urgan tur
Angliya Premyer-ligasi 32-turining 7 ta uchrashuviga yakun yasaldi.
Chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan ikki klub 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Son Xyon Min Angliya Premyer-ligasining bir mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib, “Tottenhem”ga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, “Chelsi” futbolchilari “Bornmut” maydonidan zafar quchib qaytdi.
Shuningdek, “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari ham mazkur turda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Gvardiola shogirdlari bu borada 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Stok Siti” uyida o‘ynagan liverpullik futbolchilar esa irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Angliya Premyer-ligasi
32-tur o‘yinlari
8-aprel, shanba
Gollar: Dele Alli, 33 (1:0). Erik Dayer, 39 (2:0). Son Xyon Min, 44 (3:0). Son Xyon Min, 55 (4:0).
Gol: Yordi Klasi, 25 (0:1).
Gol: Sheyxu Kuyate, 45 (1:0).
Gollar: Ahmed Al-Muhammadi, 31-avt (1:0). Serxio Aguero, 48 (2:0). Fabian Delf, 64 (3:0). Andrea Ranokkya, 85 (3:1).
Gollar: Jonatan Uolters, 44 (1:0). Felippe Koutino, 70 (1:1). Roberto Firmino, 72 (1:2).
Gollar: Adam Smit, 17-avt (0:1). Eden Azar, 20 (0:2). Joshua King, 42 (1:2). Markos Alonso, 68 (1:3).
Добавить комментарий!
