» » Samarqandda AQShga viza olib berishini aytib, 2 kishini 8 300 dollarga chuv tushirgan erkak ushlandi

Samarqandda AQShga viza olib berishini aytib, 2 kishini 8 300 dollarga chuv tushirgan erkak ushlandi


Samarqandda AQShga viza olib berishni va’da qilib, ikki kishining pullarini o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

2019-yilning 2-iyun kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSh davlatiga ishga yuborish uchun Green Card lotereya o‘yinida yutib, 6 oy ichida viza olishga va’da berib, aldab B.X.dan 5 800 AQSh dollari miqdorida pullarni olgan va bugungi kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni ehtiyojiga sarflagan.

Bundan tashqari, X.X. Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni ham shu usul bilan aldab ishonchiga kirib, 2019-yil 29-iyul kuni 2 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmagan.

Shu tariqa X.X. jabrlanuvchilarga jami bo‘lib 8 300 AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, firibgarlarga aldanib qolishingizni oldini olish maqsadida chet elda ishlash masalasida rasmiy idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют