» » Moliya vaziri Shavkat Mirziyoyevning murojaati budjetga og‘irlik qilmasligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Shavkat Mirziyoyevning murojaati budjetga og‘irlik qilmasligini ma’lum qildi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, Prezidentning parlamentga murojaatidagi bandlarni amalga oshirish davlat budjeti uchun katta yuk bo‘lmaydi. Bu haqda u Xalqaro press-klubning yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim qamrovini oshirish faqat to‘lov-shartnoma asosida amalga oshirilmasligi kerakligini qayd etdi. Davlat rahbari OTMlarga kirishda davlat grantlari miqdorini ikki barobarga oshirishni taklif qildi. Bundan tashqari, Prezident qizlar uchun alohida grantlar ajratish kerakligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: OTMlarda davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi, qizlar uchun alohida grant o‘rinlari ajratiladi

“Gazeta.uz” Jamshid Qo‘chqorovdan 2020-yil uchun davlat budjeti o‘tgan yilning 21-noyabrida qabul qilinganligini hisobga olib, Prezident murojaati bandlarini qaysi manbalardan amalga oshirish rejalashtirilayotganini so‘ragan.

Moliya vazirining ta’kidlashicha, grantlar ajratish budjet uchun unchalik katta xarajat bo‘lmaydi.

Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, grantlar, albatta, pul talab qiladi. Bu 2020-yilda davlat budjetiga ko‘p xarajatlar keltirmaydi. Bu bosqichma-bosqich bajariladi. Dastlab, Oliy ta’lim vazirligi STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishi uchun taqsimlashni amalga oshirishi kerak. Lekin agar bir yil olinadigan bo‘lsa, unda 500 milliard so‘m haqida gap boradi. Bu esa davlat budjeti uchun katta masala hisoblanmaydi.

Shu bilan birga, Jamshid Qo‘chqorov Prezident topshirig‘iga binoan ishlab chiqiladigan Kambag‘allikni kamaytirish dasturi katta budjet mablag‘larini talab qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hududlari, ayniqsa, qishloqlar aholisining aksariyati yetarli daromad manbalariga ega emasligini ta’kidladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, aholining kam ta’minlangan qatlamlari ko‘rsatkichi 12—15 foizni yoki 4—5 million kishini tashkil etadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi

“Ko‘pchilik bu muammoni nafaqa va moddiy yordam yoki ularning hajmini ko‘paytirish orqali hal qilish mumkin deb hisoblaydi. Biroq, bu muammoni tubdan hal qilmaydigan bir tomonlama yondashuv. Qashshoqlikni kamaytirish kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni talab qiladi — tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishdan aholining imkoniyatlari va salohiyatini jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratishgacha”, — deb ta’kidlagan edi Prezident.

Moliya vaziri nafaqalar qashshoqlikka qarshi kurashning ikkilamchi yo‘nalishi ekanligi haqidagi fikrga qo‘shiladi.

Moliya vaziri o‘rinbosari Shohrux Shorahmedov Sirdaryo viloyatidagi kam ta’minlangan oilalarga nafaqa tayinlash va to‘lash bo‘yicha tajriba haqida gapirdi. Yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilanadi.

Uning qayd etishicha, tajriba shuni ko‘rsatadiki, Sirdaryo viloyatida murojaat qilganlarning 80 foizi “yetarli daromad” sababli nafaqadan mahrum bo‘lgan. Oilada bir kishining Captiva, Malibu va Nexia avtomashinalari borligi aniqlangan. Shunday kishi moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan, tizim kompyuteri esa buni aniqlagan va moddiy yordam berishni rad etgan.

Moliya vazirining aytishicha, tasdiqlangan davlat budjetida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish uchun 1,3 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun ushbu mablag‘lardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi ham mavjud bo‘lib, undan ham foydalanish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют