» » Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi vaqtida “Ostrogorskiy” familiyasi Google’da trendga chiqdi (video)

Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi vaqtida “Ostrogorskiy” familiyasi Google’da trendga chiqdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnoma bilan chiqish qildi. Prezidentning murojaati televideniye orqali jonli efirda namoyish etildi.

Google qidiruv tizimidagi so‘rovlar statistikasi haqida axborot beruvchi Google Trends servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Prezident murojaatnomani taqdim etayotgan vaqtda, aniqrog‘i, Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da “Ostrogorskiy” familiyasi jahondagi eng ommabop qidiruv tizimining O‘zbekiston segmentida ko‘p so‘ralgan so‘zlardan biriga aylandi.

Xususan, soat 12:20 da “Ostrogorskiy” familiyasi lotin yozuvidagi “yil nomi” kalit so‘zi (7 ball) hamda O‘zbekiston segmentida yilning eng ko‘p qidiruvga berilgan so‘rovlaridan biri — “Sevgi Iztirobi” seriali nomi (lotin yozuvida, 4 ball)ga nisbatan 100 ballik ko‘rsatkichni qayd etgan. Ayni vaqtda, “Ostrogorskiy Uzbekistan” kalit so‘zi 79 ballik ko‘rsatkichga erishgan.

Google Trends’ning ko‘rsatkichlari bo‘yicha, “Ostrogorskiy” va “Ostrogorskiy Uzbekistan”dan tashqari, “Ostrogorskiy Tashkent”, “Astragorskiy” kabi kalit so‘zlar ham 22-dekabr kuni o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar tomonidan ko‘p marta qidiruvga berilgan.

Bunga sabab — Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasini yo‘llarkan, moliya-iqtisod sohasida to‘planib qolgan muammo va kamchiliklar haqida gapira turib, Moliya vazirligida ishlagan sobiq mas’ul shaxsni ayblab, tanqid qilganidir.

Prezident amaldagi moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning joriy faoliyatidan noroziligini bildirarkan, u taqdim etgan hisobotlarda Ostrogorskiy ta’siri borligini ta’kidlagan (“Ostrogorskiyning hidi kelyapti”).

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil oxirida hududlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligidagi “Ostrogorskiyga o‘xshaganlar” dastidan pulsiz qolganini ta’kidlagan.

“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, Prezident bunda Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 18:44)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют