» » Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligini “kalamushlar”dan tozalashga 10 kun muhlat berdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligini “kalamushlar”dan tozalashga 10 kun muhlat berdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘lladi. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Prezident murojaati davomida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga yuzlanib, undan Moliya vazirligiga “tajribasi bo‘lmasa-da, Vatanni sevadigan odamlar”ni ishga olishga chaqirdi.

Men moliyaning avvalgi, 15—20 yil unga rahbarlik qilgan, uning “m” harfini ham tushunmagan balandparvoz odamlarini ishdan haydab yubordim. Faqat rahbarlarini haydadim, lekin qo‘pol bo‘lsa-da aytaman — pastdagi “kalamush”lari hali ham o‘tiribdi.

Qo‘chqorov shu yerdami? Agar o‘zgarish qilmasa — sizlarning oldingizda aytyapman — bir oyda buni ham ishdan olaman. Menga bunaqa moliya kerak emas. Moliyadagi Ostrogorskiy degan noinsofni haydaganman — hozirgilardan ham uning hidi kelib turibdi.

Menga Vatanni sevgan, o‘zbek millatining, o‘zbek davlatining, O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning ertangi kuniga befarq bo‘lmagan moliyaning boshlig‘i kerak!

Qo‘chqorov — yangi vazir, biroq pastda eski “kalamush”dan qolganlar o‘tiribdi. Ularni yo‘q qilmagunicha men bu vazir bilan ishlamayman. Kecha aytdim — senga 10 kun muhlat, hammasini haydaysan, birortasi qolmasligi kerak, deb.

Tajribasi bo‘lmasa ham mayli, yoshgina, mana shu millatni, mamlakatni sevgan odam kerak!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (22-12-2017, 18:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют