» » Shavkat Mirziyoyev: Hokimlarimizda ham madaniyat yo‘q. Kim ularga huquq berdi birovni haqorat qilishga?

Shavkat Mirziyoyev: Hokimlarimizda ham madaniyat yo‘q. Kim ularga huquq berdi birovni haqorat qilishga?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Murojaat davomida Shavkat Mirziyoyev mushtumzo‘r va zo‘ravon hokimlar muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezidentning ma’lum qilishicha, uch tuman hokimi jazolangan.

Hali odamlar o‘zgargani yo‘q. Madaniyat o‘zgargani yo‘q. Ochig‘ini aytaman, hokimlarning ham madaniyati yo‘q. Iloji yo‘q, yaqinda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun uchta rayon hokimini jazoga tortdik.

Odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingi davrlardagidek madaniyatsiz gaplar bilan majlislar o‘tkazadi, odamlarni haqorat qiladi. Kim ularga huquq beribdi? Hokimga kim huquq bergan birovlarni haqora qilishga?

Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! O‘qimaganimizdan dalolat! Ma’naviyatimiz pastligidan dalolat!.. Bilib qo‘yinglar, bu ahvolda birortang ertangi kun bilan ishlamaysizlar.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (22-12-2017, 11:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют