» » Serera atmosferasining yo‘qolib ketishi sababi aniqlandi

Serera atmosferasining yo‘qolib ketishi sababi aniqlandi


Quyoshga yaqin joylashgan mitti sayyora Serera XIX asr boshida aniqlangan. Yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida sayyorada doimiy bo‘lmagan siyrak atmosfera borligi ma’lum bo‘lgan. Olimlar atmosferaning beqaror holatining sababini tushuntirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Tadqiqotlarni NASAning Dawn missiyasi ustida ishlayotgan mutaxassislari olib bordi. Dawn nomli sayyoralararo stansiya 2007-yilda Vesta asteroidini va Serera sayyorasini tadqiq qilish uchun yo‘lga chiqqan. Sereradagi vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan ekzosfera ancha avval aniqlangan va buning sababi mitti sayyora va Quyosh o‘rtasidagi masofa bilan bog‘langan edi.

Herschel fazoviy teleskopi va Yerda joylashgan Very Large Telescope observatoriyasi yordamida olib borilgan qo‘shimcha kuzatishlar Sereraning atmosferasi Quyoshgacha bo‘lgan masofaga emas, quyosh sikllariga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunlariga bag‘ishlangan maqolada aytilishicha, quyosh faolligi vaqtida undan chiqadigan oqim sayyora yuzasini qoplab turgan muzlarga uriladi. Natijada suv molekulalari ajralib chiqadi va sayyora sathiga ko‘tarilib bir necha kun davomida siyrak atmosferani hosil qiladi.

Hozirgi vaqtda quyosh faolligi o‘zining eng past darajasida va Sererada deyarli atmosfera yo‘q. Olimlarning taxmin qilishicha, bu holat yana bir necha yil davom etadi, keyin esa Serera ekzosferasi qalinlasha boshlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют