» » O‘zbekistonda Xitoydan kelgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda Xitoydan kelgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda


Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi jiddiy fazaga ko‘tarildi. Ushbu kasallik 16 ta davlatda tarqalgani qayd etilmoqda. Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 30-yanvar holatiga ko‘ra 170 kishiga, virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi.

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonga ushbu infeksiyaning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Davlat chegara postlaridan o‘tayotgan fukoralar tibbiy nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda, shuningdek, teplovizor yordamida yo‘lovchilarning tana harorati masofadan turib o‘lchanmoqda va umumiy holati tekshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun nafaqat sanitariya nazorat punktlari tibbiyot xodimlari, balki shifokor infeksionistlar ham jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 10 kun ichida ana shunday tekshiruvlar natijasida Xitoydan kelgan fuqarolarning 59 nafaridan virusologik tekshiruv o‘tkazish uchun namunalar olingan. 19 nafar shaxs esa Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida tashkil etilgan bo‘limga murojaat etgan va tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan.

Ayni paytga qadar ularning birontasida ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan tashqari, Xitoydan kelgan fukoralar yashash manzili bo‘yicha oilaviy poliklinikalar tibbiyot xodimlari va epidemiologlar tomonidan 14 kun davomida nazoratga olinmoqda.

Qayd etilishicha, Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi tomonidan gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha ham monitoring olib borilmoqda. Natijalarga ko‘ra, gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan bir muncha mavsumiy ko‘tarilish kuzatilgan bo‘lsa-da, ushbu kasalliklar bo‘yicha o‘lim holatlari qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

Avvalroq, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshib ketdi. Buning ortidan Xitoy—O‘zbekiston aviareysiga bo‘lgan talab besh baravarga ortdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurmaslikni tavsiya qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют