» » Ikki xasta xitoylik sabab Rim yaqinidagi kruiz laynerida 6 ming kishi qolib ketdi

Ikki xasta xitoylik sabab Rim yaqinidagi kruiz laynerida 6 ming kishi qolib ketdi


Bortida 6 ming yo‘lovchi bo‘lgan Costa Smeralda kruiz layneri ehtimoliy koronavirus tahdidi sababli Rim yaqinidagi Chivitavekkya portida to‘xtatib, yopib qo‘yildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, kruiz layneri bortida bo‘lgan xitoylik juftlikda isitma kuzatilgan va nafas olish yo‘llarida muammolar yuzaga kelgan, shu munosabat bilan ularda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida tekshiruvlar olib borilmoqda.

Qayd etishlaricha, Costa Smeralda bungacha Marsel, Barselona va Malyorka shaharlarida bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, 2019-yil dekabridan beri Xitoyda 7 711 kishida yangi turdagi koronavirus sabab kelib chiqqan pnevmoniya bilan xastalangan, ulardan 170 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют