» » Facebook bir yilda 70 mlrd dollar daromad qildi. Ijtimoiy tarmoqning oylik auditoriyasi 2,5 mlrd kishiga yetdi

Facebook bir yilda 70 mlrd dollar daromad qildi. Ijtimoiy tarmoqning oylik auditoriyasi 2,5 mlrd kishiga yetdi


Facebook’ning 2019-yildagi daromadi 27 foizga o‘sib, 70,7 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi The Wall Street Journal kompaniyaning choraklik hisobotiga tayanib. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 15 milliard dollarga ko‘pdir.

Meduza’ning yozishicha, sof daromad 7 foizga o‘sib, 7,3 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, kompaniyaning to‘rtinchi chorakdagi xarajatlari 2018-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 34 foizga oshib, 12 milliard dollarga yetdi.

O‘tgan yil davomida Facebook aksiyalari 55 foizga o‘sdi va hozirda bitta qimmatli qog‘oz narxi 220 dollardan qimmatdir.

Ijtimoiy tarmoqning kunlik auditoriyasi 1,66 milliard foydalanuvchi, oylik auditoriyasi esa 2,5 milliard foydalanuvchini tashkil etadi. Har oyda kompaniyaning barcha dasturlari, jumladan, Instagram, Messenger va WhatsApp’dan 2,89 milliard kishi foydalanadi.

Forbes ma’lumotlariga ko’ra, choraklik hisobot e’lon qilingandan so‘ng, Facebook aksiyalari qariyb 7 foizga tushib ketdi. Shu sharoitda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning boyligi 5 milliard dollarga qisqarib, 77 milliard dollarga tushib ketdi.

Mavzuga doir: Facebook foydalanuvchilarning hatto saytdan tashqaridagi ma’lumotlarini yig‘ishini oshkor qildi. Ularni o‘chirish mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют