» » “Milan” hujumchisi Pyontek Bundesliga klubiga o‘tdi

“Milan” hujumchisi Pyontek Bundesliga klubiga o‘tdi


“Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

Polshalik futbolchi Berlinning “Herta” jamoasiga o‘tgan. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

OAVda xabar qilinishicha, nemis klubi transfer uchun 27 million yevro sarflagan. Pyontek ushbu mavsum A Seriyada 18 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urishga erishdi.

Shuningdek, milanliklar himoyachi Rikardo Rodrigesni Eyndhovenning PSV klubiga ijaraga berib yuboridi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha niderlandlar safida harakat qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют