» » 36 yoshli Fabio Kvalyarella A Seriyada mavsum to‘purari bo‘ldi

36 yoshli Fabio Kvalyarella A Seriyada mavsum to‘purari bo‘ldi


Genuyaning “Sampdoriya” klubi hujumchisi Fabio Kvalyarella Italiya chempionatida 2018/19-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

36 yoshli Kvalyarella A Seriyada 37 ta uchrashuvda 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (9 tasi penaltidan). Hujumchi ilk marta ushbu ko‘rsatkichni qayd etdi. Avvalroq u “Torino”, “Fiorentina”, “Kyeti”, “Askoli”, “Udineze”, “Napoli” va “Yuventus” klublarida to‘p surgan.

To‘purarlar bahsida 2 va 3-o‘rinlarni “Atalanta”ning kolumbiyalik hujumchisi Duvan Sapata (23 ta gol) va mavsumning birinchi choragini “Jenoa”da o‘tkazgan “Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek (22 ta gol) egalladi.

“Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu eng yaxshi snayperlar ro‘yxatida 4-o‘rindan joy oldi. U 31 ta bahsda 21 ta golga mualliflik qildi.

Bundan tashqari Kvalyarella bitta mavsumda A Seriyada eng yaxshi to‘purarga aylangan “Sampdoriya” klubi tarixidagi 3-futbolchi bo‘ldi.

Bunga qadar Janluka Vialli (1990/91-yilgi mavsum, 19 ta gol) va Serjo Brigenti (1960/61, 27 ta gol) mazkur natijaga erishgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют