» » 36 yoshli Fabio Kvalyarella A Seriya to‘purarlari bahsida Pyontek, Sapata va Ronalduni ham ortda qoldirmoqda

36 yoshli Fabio Kvalyarella A Seriya to‘purarlari bahsida Pyontek, Sapata va Ronalduni ham ortda qoldirmoqda


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 34-turida “Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kvalyarella “Latsio”ga qarshi o‘yinda gol urdi (1:2).

Bu Italiya terma jamoasining 36 yoshli hujumchisi uchun joriy mavsum A Seriyadagi 23-gol bo‘ldi.

Ayni damda Kvalyarella to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Unda keyingi o‘rinlarda Kshishtof Pyontek (“Milan”, 21 ta gol), Duvan Sapata (“Atalanta”, 21), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, 20) va Arkadiush Milik (“Napoli”, 17) bormoqda.

Bundan tashqari Kvalyarellaning A Seriyadagi gollari soni umumiy hisobda 150 taga yetdi. Bu hozirda Italiya yuqori divizionida to‘p surayotgan (faoliyatini davom ettirayotgan) futbolchilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

Musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Silvio Piola. U 537 ta uchrashuvda 274 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют