» » Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Polkovnik Ulug‘bek Musayev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar Ulug‘bek Musayev Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish bo‘limi 17-son jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining oxirida “Chiroqchi voqeasi” ortidan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan olingan edi.

O‘zbekiston Senati Chiroqchidagi mazkur qotillikning tergovi bosh prokuror tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Mazkur ayanchli voqea yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan maxsus brifingda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov IIB binosida odam o‘limi holati yangilik emasligini ta’kidlab o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют