» » IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi


General-mayor Bahodir Mirzarahimov Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar Bahodir Mirzarahimov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Bahrombek Adilov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib, polkovnik Xasan Botirov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Xasan Botirov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Shokirjon Xudoynazarov esa Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Shokirjon Xudoynazarov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют