» » Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi


Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokir Sayfuddinov tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga asosan amalga oshirilgan.

Uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib polkovnik Qodir Tursunov tayinlandi. Polkovnik Qodir Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 10:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют