» » O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Sibirga ishchi tashrifini yakunladi

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Sibirga ishchi tashrifini yakunladi


Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Markaziy harbiy okrugining Sibirda joylashgan qo‘shilmalariga ishchi tashrifini yakunladi, deb yozadi “Podrovno.uz”.

O‘zbekistonlik harbiylar 41-umumiy qo‘shin armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Aleksey Zavizyon bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazdi, u o‘zbekistonliklarni hududiy boshqaruv markazi ishi bilan tanishtirdi.

Novosibirskdan keyin delegatsiya Kemerovo viloyatidagi “Yurginskiy” harbiy poligonida o‘z ishini davom ettirdi. 5-mart, dushanba kuni esa Yekaterinburg shahridagi Markaziy harbiy okrug shtabiga jo‘nab ketdi, O‘zbekiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi o‘sha yerda o‘z ishini yakunlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют