» » O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarlik uslublari bilan tanishdi (foto)

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarlik uslublari bilan tanishdi (foto)


Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish usul va uslublari bilan yaqindan tanishishdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Markaziy harbiy okrugidagi Chelyabinskda joylashgan dala-o‘quv maydonida tankchilar diviziyasi hamda Samara garnizonidagi harbiy bo‘linmalarning amaliy taktik mashg‘ulotlarini kuzatdi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi u yerda razvedka ishg‘ol tizimini qo‘llagan holda batalon taktik guruhlarining jangovar o‘q otish mashqlari, qo‘shin turlari bilan hamkorlikni tashkil etishda qo‘mondonlik punktlarining ish tartibi, shuningdek, tankchilarning reyd harakatlari va shartli dushman flangiga yorib kirish usullari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют