» » O‘zbekiston ofitserlari ilk bor Uraldagi harbiy yig‘inlarda qatnashdi

O‘zbekiston ofitserlari ilk bor Uraldagi harbiy yig‘inlarda qatnashdi


Rossiya Markaziy harbiy okrugi boshqaruv tarkibining Chelyabinsk viloyatida o‘tkazilgan yig‘inda ilk bor O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi zobitlari qatnashdi. “TASS” xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Qirg‘iziston vakillari ham qatnashgan.

“Ishtirokchilar Suriyadagi jangovar harakatlar tajribasi asosida Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishi bo‘yicha birlashgan qo‘shinlarni qo‘llashni rejalashtirishning muammoli masalalari muhokama qilindi, jangovar tayyorgarlikning yangi metodikalari ko‘rib chiqildi”, — dedi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin.

Yig‘inda Rossiya Markaziy harbiy okrugi, Rossiya gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 500 ga yaqin general va ofitserlari qatnashdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston harbiylari taktik va tezkor bosqichda razvedka-zarbdor majmualarni tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Ular qo‘mondonlik shoxobchasi faoliyati bilan tanishgan. Shuningdek, Rossiya 90-tank diviziyasi bo‘linmalari “jihod-mobillar”ga qarshi kurash usullarini namoyish etgan. Yig‘in davomida terrorchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilingan.

Rossiya Markaziy harbiy okrugi mamlakatning uch federal okrugi va 29 subyektini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, Tojikistondagi 201-harbiy baza, Qirg‘izistondagi harbiy baza, shuningdek, Qozog‘iston hududidagi bo‘linma ham shu okrug tarkibiga kiradi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют