» » Qirg‘iziston bosh shtabi: Rossiya tomonidan taqdim etilgan samolyotlar jangovar vazifalarni bajarishda yordam beradi

Qirg‘iziston bosh shtabi: Rossiya tomonidan taqdim etilgan samolyotlar jangovar vazifalarni bajarishda yordam beradi


Rossiya tomonidan Qirg‘iziston qurolli kuchlariga taqdim etilgan An-26 harbiy-transport samolyotlari jangovar harakatlarni amalga oshirishda yordam beradi. Bu haqda 10-avgust, payshanba kuni ikkita An-26 samolyotlarini topshirish marosimida qatnashgan Qirg‘iziston Qurolli kuchlarining bosh shtabi raisi Rayimberdi Duyshenbiyev ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Ikkita samolyot yordamida bizning qurolli kuchlarimiz yuklarni, shaxsiy tarkibni, shuningdek, desantlarni tashlashni, tashishni amalga oshirish mumkin”, — dedi Duyshenbiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik o‘zining “ko‘p qirraliligi va samaraliligi bilan ajralib turadi”.

Bosh shtab rahbarining fikricha, hamkorlik yo‘nalishiga Qirg‘iziston hududida Rossiya harbiy bazasining, jumladan, Kantda aviabazaning joylashganligi asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют