» » Putin: Rossiya Qirg‘izistondagi aviabazani yopishga tayyor

Putin: Rossiya Qirg‘izistondagi aviabazani yopishga tayyor


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambayev bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumani vaqtida Rossiya Kantdagi aviabazani yopishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Agar vaqti kelib Qirg‘iziston: biz o‘z qurolli kuchlarimizni yetarli darajada mustahkamlab oldik va endi bizga bunday baza kerak emas, desa, biz o‘sha kuniyoq bu yerni tark etamiz”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentining qayd etishicha, aslida Rossiyaning Qirg‘izistonda harbiy kontingent “saqlab turishiga hech bir zarurat yo‘q”. Putinning qo‘shimcha qilishicha, bu kontingent “faqat Qirg‘izistonning xavfsizligini ta’minlash uchun joylashtirilgan”.

2016-yilning dekabrida Almazbek Atambayev, kelishuv muddati yakuniga yetishi bilan, Rossiya aviabazasi Qirg‘izistondan chiqarilishini ma’lum qilgan edi. U Qirg‘iziston “kelajakda Rossiya, Amerika yoki boshqa bir mamlakatning bazalariga emas, balki faqat va faqat o‘z qurolli kuchlariga tayanishi lozimligi”ni aytib o‘tgan edi.

Kant aviabazasi Qirg‘izistonning Chuy viloyatida joylashgan. U 1941-yildan beri mavjud, Rossiya samolyotlari esa 2003-yildan bu yerga joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют