» » Qirg‘iziston Peterburg terakti tashkilotchisi shaxsini aniqlashda Rossiyaga yordam berishga tayyor

Qirg‘iziston Peterburg terakti tashkilotchisi shaxsini aniqlashda Rossiyaga yordam berishga tayyor


Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Sankt-Peterburg metropolitenida teraktni uyushtirgan odamning shaxsiga aniqlik kiritish masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayimkan Qulukeyeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Hamkorlikka zarurat tug‘ilsa, Qirg‘iziston hamda Rossiya maxsus xizmatlari orqali aloqa amalga oshiriladi”, — dedi Qulukeyeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda amalga oshirilga teraktni tashkillashtirishda gumonlanayotgan Abror Azimov “Rossiya fuqarosi hisoblanadi”.

Avvalroq, rus hamda qirg‘iz OAV Azimovni Qirg‘iziston fuqarosi deya xabar tarqatgan edi.

6-aprel kuni Rossiya tergov qo‘mitasi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilib sakkiz kishini: Sayfulla Hakimov, Ibrohimjon Ermatov, Dilmurod Mo‘ydinov, Bahrom Ergashev, A’zamjon Mahmudov, Mahamadyusuf Mirzaalimov, Shohista Karimova va Sodiq Ortiqovlarni qo‘lga olgan edi.

17-aprel kuni gumonlanuvchilarning to‘qqizinchisi — Abror Azimov Moskva viloyatida qo‘lgan olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют