» » AQSh mudofaa vazirligi qo‘mondoni Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

AQSh mudofaa vazirligi qo‘mondoni Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa vazirligi markaziy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jeffer Xarrigan boshchiligidagi harbiy delegatsiya kutib olindi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSh harbiy mutaxassislari ishtirokida “Profilaktik tibbiyot bo‘yicha axborot almashinuvi” mavzusida seminar tashkil qilindi. Unda harbiy-tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar, harbiy shifokorlar ishtirok etdi.

AQSh harbiy mutaxassislari bu borada innovatsion texnologiyalardan foydalanib, tezkor va samarali natijalar qo‘lga kiritish mumkinligini namoyish qildi. Martabali mehmon akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi”, — deyiladi xabarda.

General Xarrigan bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga tashrifidan mamnunligini izhor qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют