» » Pentagon Gruziyada harbiy o‘quv markazi quradi

Pentagon Gruziyada harbiy o‘quv markazi quradi


Gruziya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh Gruziyada harbiy o‘quv markazi qurishga qaror qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mazkur axborot Gruziya harbiy rahbariyatining AQSh armiyasiga qarashli Yevropa qo‘mondonligi 7-o‘quv-mashg‘ulot bazasiga amalga oshirgan tashrifi davomida e’lon qilindi.

Uchrashuvda AQShning Yevropadagi qurolli kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Ben Xojes ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif doirasida AQSh va Gruziya vakillari tomonidan mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan uch yillik ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Avvalroq amerikalik senator Jon Makkeyn o‘zining Tbilisiga amalga oshirgan tashrifida AQSh Gruziyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtasmasligi hamda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishini qayd etgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют