» » Qurolli Kuchlar akademiyasida mudofaa doktrinasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Qurolli Kuchlar akademiyasida mudofaa doktrinasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi


Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mudofaa doktrinasi – milliy xavfsizligimizning mustahkam poydevoridir” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan yil barcha jabhalar kabi harbiy sohada ham tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Ular orasida O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni tashabbusi asosida Oliy Majlis palatalari tomonidan yangilangan Mudofaa doktrinasining qabul qilinishi ulkan siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.

Mudofaa doktrinasi davlat xavfsizligini ta’minlash va barqaror rivojlanishining asosi va bu borada har bir fuqaroning uning talablarini amalga oshirishdagi o‘rni va roli beqiyos. Shu ma’noda ushbu anjumanning o‘tkazilishi ko‘rib chiqilayotgan masalaning qanchalar dolzarbligini belgilab beradi.

Anjuman ishida O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, Harbiy-ilmiy tadqiqotlar va o‘quv-uslubiy markazi zobitlari va ilmiy xodimlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashdi.

Tadbir onlayn tizimida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют